AsosiyJamiyat

Quvasoy shahrida 50 tonna sementni noqonuniy qo`lga kiritgan shaxslarga jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Quvasoy shahrida 50 tonna sementni noqonuniy qo`lga kiritgan shaxslarga jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

2021-yilning 30-oktyabr kuni Quvasoy shahar, Istiqlol ko`chasida yashovchi S.O ismli fuqaro IIBga murojaat qilgan.

Ma`lum qilinishicha,  2021-yilning yanvar oyida noma`lum shaxslar uning ishonchiga kirib, sotmoqchi bo`lgan 50 tonna sement maxsulotlarini 42.000.000 so`mga sotib olishga kelishib, pulini bir xafta muddatda berishini aytishib, sement maxsulotlarini olib ketishib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritganliklarini hamda sement maxsulotlarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini ehtiyoji uchun sarflab yuborganliklarini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Bu haqda viloyat IIB ma`lumot berdi

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari davomida ushbu jinoyatni S.M va T.Ular sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Boshqa yangiliklar