Gaiti poytaxti Port-o-Prensda jinoyatchilar to`dasi 17 nafar amerikalik missioner va ularning oila a`zolarini o`g`irlab ketishdi. Bu haqda New York Times xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, o`g`irlab ketilganlar orasida ayollar va bolalar ham bor. Missionerlar aeroportga ketayotgan avtobusdan o`g`irlangani ma`lum qilinmoqda.
NYT telekanali xabarida aytilishicha, Gaitidagi og`ir vaziyat 2019 yilda boshlangan. Boy va kambalag`al aholini ham o`g`irlash holati tez-tez kuzatilmoqda. Bundan tashqari, 2021 yilning iyulida prezident Jovenel Moiz o`z qarorgohida o`ldirilgan.
Avgust oyida esa mamlakatda yuz bergan kuchli zilzila tufayli aholining turmush tarzi yanada og`irlashgan va jinoyatchilik avj oldi.
Izzatbek Abduvahobov






