Joriy yilning 6 oktyabr kuni J.J Farg`ona tuman IIBga murojaat qilib, unda 2020 yilning iyun oyida noma`lum shaxs ishonchiga kirib, 5.200 AQSh dollari evaziga Koreya davlatiga o`qishga olib kirib qo`yishini aytib, pulni olib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan pulni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan. Bu haqda Farg`ona viloyat IIB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Farg`ona tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Yo.M sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.
Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






