AsosiyJamiyat

TATU dasturchilari yangi elektron darslik yaratdi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dasturchilari “English for pupil” elektron darsligini yaratishdi. Bu haqda Intellektual mulk agentligining matbuot xizmati xabar beradi.

Ushbu dastur maktabgacha yoshdagi bolalar va boshlang`ich sinf o`quvchilarini ingliz tiliga interaktiv o`qitish uchun mo`ljallangan. Darslikda inglizcha-o`zbekcha va o`zbekcha-inglizcha lug`atlar va qiziqarli test savollari yordamida o`quvchilarga ingliz tilini interaktiv o`qitish, ingliz tili grammatikasini va tovushlarni to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatish, ingliz tilida gap tuzish, o`zbek tilidan bevosita ingliz tiliga tarjima qilish uchun tayyor formulalar mavjud.
Ushbu elektron darslik uchun mualliflar Xaydarova Marxamat va Xoshimov Jamshidga № DGU 03483 raqamli guvohnoma berildi. 

Ma`lumot uchun, avvalroq Intellektual mulku agentligi paxta terish apparatiga patent bergani haqida xabar bergan edik. 

    Boshqa yangiliklar