AsosiySUG'DIYONA

Muzlatkichda saqlash mumkin bo`lmagan 10ta mahsulot

Past haroratda saqlash mumkin bo`lmagan eguliklar:

Asal, non, zaytun, kolbasa, mushuklar uchun konserva mahsuloti, hatto hech qachon muzlatkichda saqlamaydigan tirnoqlardagi lakni o`chirish uchun ishlatiladigan suyuqlik. Biz nimagadir past haroratda saqlangan eguliklar uzoq muddat saqlanadi degan fikrga ishonib qolganmiz. Sovuq havo harorati ba`zi bir eguliklarga aks ta`sir ko`rsatadi. Keling, yaxshisi ular bilan bir chekkadan tanishamiz.

Non

Non muzlatkichda tursa uzoq saqlanadi degan fikrga javoban uni umuman sovuq haroratda saqlash mumkin emas, degan fikrni ilgari suramiz. Birinchidan, u muzlatkichdagi boshqa mahsulotlarning hidini o`ziga tortib oladi, ikkinchidan muzlatkichda namlik yuqori bo`lganidan tezda mog`or bosib qoladi. Non mahsulotlari uchun xona harorati etarli darajada bo`ladi, bunday haroratda nonni 3-4 kun saqlash mumkin. Agar bu vaqt oralig`ida nonni eb tugatishga ulgurmasangiz, yaxshisi uni muz kamerasiga joylashtiring.

Konservalangan mahsulotlar, murabbo, ziravor va achchiq sous

Konservalangan mahsulotlarni muzlatkichda saqlashdan ma`no yo`q, ular muzlatkichsiz ham o`zlarini juda yaxshi his qilishadi. Chunki ularning tarkibidagi shakar, tuz va sirka moddasi sovuq haroratsiz ham ularni yillar davomida, uzoq vaqt saqlanishiga yordam beradi.

Poliz ekinlari

Oshqovoq, qovun, kabachki va boshqa poliz mahsulotlari sovuq havo haroratida yumshab, mog`or bosadi. Agar ular kesilgan holda saqlanadigan bo`lsa, bu jarayon tezlashib, havoga o`zlaridan zararli moddalar tarqatadi.

Piyoz

Boshpiyoz sovuq havo haroratida shaklini yo`qotadi, agar yonida kartoshka turgan bo`lsa, tezroq buziladi. Muzlatkichdagi boshqa mahsulotlarga hidi o`tadi. Agar piyoz tozalangan va ortiqcha bo`lsa, yaxshisi uni oziq-ovqat plyonkasiga o`rab, stol ustida qoldirganingiz ma`qul.

Qattiq sabzavotlar

Sabzi va kartoshkaning ildizi past haroratda o`sib, po`panak bosadi. Bunday haroratda ularning ta`mi ham buziladi, sovuq havo haroratida kartoshka kraxmali qandga aylanib, u yumshab qoladi. Bunday mahsulotlarni yaxshisi qorong`i va quruq omborda saqlagan ma`qul.

Tarkibida suv bo`lgan mahsulotlar

Bodring, pomidor, baqlajon – umuman tarkibida suv bo`lgan sabzavotlar muzlatkichda uzoq saqlanadigan bo`lsa, iste`molga yaroqsiz bo`lib qoladi. Ularda qora dog`lar paydo bo`lib, chirish jarayoni boshlanadi. Bunday mahsulotlarni muzlatkichda saqlash taqiqlanmagan, ammo past havo haroratida ularning ta`mi buziladi.

Tropik mevalar

Bananni muzlatkichda saqlash mumkin emasligini hammamiz juda yaxshi bilamiz, chunki ular sovuqda qorayib, ta`mi buziladi. Qolaversa, bu gap nafaqat bananga, balki  barcha ekzotik mevalar — mango, ananas, papayya, marakuyya va boshqalarga ham tegishli.Ular past havo haroratida chirib, bijg`ish jarayonida paydo bo`lgan gaz orqali odamni zaharlashi mumkin. Ularni xona haroratida, qorong`i joyda saqlagan ma`qul.

    Boshqa yangiliklar