“Barselona” klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar klubdoshlari Lionel Messi va Luis Suares bilan o`rtasidagi munosabati haqida so`zlab berdi.
“Biz doimo birgamiz va qalin do`stmiz. Hatto mashg`ulotlarni ham birgalikda bajaramiz. Maydonda bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Maydon tashqarisida ham huddi shunday. Bu yaxshi munosabatda bo`lishning eng asosiy omili. O`yinimizning muvaffaqiyatli bo`lishi ham do`stligimizning samarasidir”, – deydi Neymar.





