AsosiyJamiyat

O`zbekiston Milliy kutubxonasida O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bilan uchrashuv o`tkazildi (FOTO)

24 mart kuni O`zbekiston Milliy kutubxonasida O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 75 yilligiga bag`ishlangan ijodiy uchrashuv bo`lib o`tdi, deb xabar beradi “Uz24.uz”.

Ijodiy kechada so`zga chiqqanlar Abdulla Oripovning hozirgi o`zbek adabiyoti va zamonaviy tarjimashunoslik rivojiga qo`shgan hissasi haqida so`zladilar. Pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo`ldoshev Abdulla Oripov asarlarining milliy ruhiyatga ta`siri, O`zbekiston xalq shoiri Usmon Azim Abdulla Oripov she`riyatida ruh ozodligi talqini haqida so`zlagan bo`lsalar, O`zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron Abdulla Oripovning jonkuyar va g`amxo`r ustoz sifatidagi xislatlariga alohida to`xtaldi. “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Shuhrat Rizaev “Shoir Abdulla Oripovning tarjimonlik faoliyati” mavzusida nutq so`zlagan bo`lsa, “O`zbekiston” nashriyoti direktori o`rinbosari Ashurali Jo`raev “Abdulla Oripov ijodida publisistik ruh” degan mavzuni yoritdi.

Uchrashuv so`nggida ustoz shoir uchrashuv ishtirokchilariga dil izhorini aytib, yangi she`rlaridan o`qib berdi.

 

    Boshqa yangiliklar