Xonanda Lola 22 mart kuni “Onlayn-yulduz” loyihasida ishtirok etgani va muxlislarning ko`plab savollariga javob berganidan xabaringiz bor.
“Qo`shiqlaringizni sobiq turmush o`rtog`ingizga atab aytasizmi?” degan savolga u quyidagicha javob berdi:
“Hech qachon. Qo`shiqlarim unga bag`ishlanmagan. Faqat birgina qo`shig`im ya`ni ‘Men topdim baxtimni’ deb nomlangan taronani men to`yimizga, baxtimizga bag`ishlab kuylaganman”.
Shuningdek, xonandadan sobiq turmush o`rtog`i ungacha bir necha marta uylanganini bila turib, nima uchun unga turmushga chiqqani so`rashdi. Mazkur savolga esa Lola:
“Chunki, sobiq turmush o`rtog`im qalbimni zabt etish uchun imkoniyat doirasidagi va imkoni bo`lmagan barcha ishlarni qilgan, shuning uchun rozi bo`lganman”, deya javob berdi.





