AQShlik fuqarolar “Biz birgalikda katta kuchmiz” iborasini amalda isbotlash uchun kichik tajriba o`tkazdi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” xabar bermoqda.
6 ming dona gugurtdan kvadrat shakli hosil qilindi va bir vaqtning o`zida ular yoqildi. Olov kvadratning chetki bo`lagidan qolgan qismiga 45 soniya ichida tarqaldi. Mazkur jarayonni ommabop internet portallaridan birining muharriri Endryu Mosman tasvirga oldi.
Videorolik 15 daqiqa davom etgan va bu vaqt ichida gugurtlar o`chib qolmagan.





