AsosiyDunyo

Xillari Klinton yosh ko`rinish uchun bir necha bor plastik jarrohga murojaat qilgan

AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klintonning suratlariga qarab, uning bir necha bor plastik jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirganini payqash emas. Amerikadagi bir nechta plastik jarrohlik klinikalari shifokorlari aynan shunday xulosaga kelishdi, deb xabar beradi “Vesti” nashri.

Shifokorlarning aytishicha, Xillari Klinton bir necha bor yuzini “torttirgan”, qovoqlarini operasiya qildirgan va botoks muolajasini qabul qilgan.

Beverli-Xillzda joylashgan plastik jarrohlik klinikasining xodimlari Syuzan Evans va Sheyla Nazaryanlar ham 68 yoshli Xillari Klintonning go`zalligini saqlash uchun yuziga tig` tekkizganini aytib o`tgan. Ularning aytishicha, Xillari gapirayotgan paytda uning peshonasi harakatsiz turadi. Bundan ma`lumki,siyosatchi botoks muolajasi yordamida peshonasidagi ajinlarni yo`qotishga muvaffaq bo`lgan. 

“Bundan tashqari, Xillari yonog`idagi orptiqcha terini va ikkinchi iyagini oldirgan”,—deydi shifokorlar.

    Boshqa yangiliklar