AsosiyJamiyat

Toshkentda ingliz tilida birinchi xalqaro yoshlar sammiti o`tkazildi

Bugun Toshkentning “Yoshlar ijod saroyida” “Bizning qadriyatlar – kelajagimiz poydevori” mavzusidagi xalqaro yoshlar sammiti ish boshladi.

O`zbekiston ingliz tili o`qituvchilari uyushmasining Yosh etakchilarni qo`llab-quvvatlash loyihasi – YLDP tomonidan 27 martga qadar  “Yoshlar ijodiyot saroyi”da O`zbekiston yoshlarining “Bizning qadriyatlar – kelajagimiz poydevori” mavzusida Xalqaro yoshlar sammiti doirasida  o`tkazilmoqda.

Ushbu yoshlar sammiti ingliz tilida o`tkazilayotgan birinchi katta sammit hisoblanadi. Sammitning asosiy maqsadi - respublika yoshlarining milliy qadriyatlar va an`analarini asrashdagi o`rni va rolini oshirishga qaratilgan.

Tadbir doirasida yoshlar ingliz tilida sammit mavzuiga oid ekspertlar fikrlarini o`rganishadi hamda bir-birlarini qiziqtirgan turli mavzularda fikr almashadi. Mazkur anjumanga 400 ga yaqin yoshlar jalb etilgan. Unda yoshlar guruhlarga bo`lingan holda “Milliy turizmning ahamiyati”, “Sog`lom oila – sog`lom jamiyat poydevori”, “kiyinish va muomala madaniyatining dolzarbligi”, “Iqtisodiy taraqqiyotning o`zbek modeli”, “Atrof-muhit muhofazasi yoshlar nigohida” kabi mavzular bo`yicha seminar-treninglarda ishtirok etishadi. Sammitning 2-kunida yoshlar  ijtimoiy loyihalarni taqdim etib, guruhlararo kuch sinashadi. 

Xalqaro yoshlar sammiti doirasida milliy qadriyatlar ko`rgazmasi, mahorat darslari, shuningdek, estrada xonandalari ishtirokidagi konsert dasturlari o`rin olgan.

O`zbekiston ingliz tili o`qituvchilari uyushmasi qoshidagi Yosh etakchilarni qo`llab-quvvatlash loyihasi - YLDP 2014 yilning fevral oyida tashkil etilgan. Shu kunga qadar loyiha tomonidan respublika insholar tanlovi, ingliz tilida ish hujjatlarini yuritish va yozma nutqni shakllantirishga qaratilgan “Yozma nutq haftaligi”, o`nlab to`garaklar yig`ilishlari muntazam ravishda o`tkazib kelinmoqda.

    Boshqa yangiliklar