AsosiyDunyo

Ekaterinburgdagi bog`chada sodir bo`lgan yong`in oqibatida 4 nafar bola kasalxonaga tushdi

Rossiyaning Ekaterinburg shahrida 8 mart ko`chasida joylashgan xususiy bog`chalardan birida yong`in sodir bo`ldi, oqibatda 8 kishi, shu jumladan 4 nafar bola yong`indan tan jarohati oldi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Sverdlov viloyati tergov qo`mitasining ma`lumot berishicha, bog`chada sodir bo`lgan yong`in sabablarini o`rganish uchun tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Taxminlarga ko`ra, yong`in chiqishiga elektr simidagi qisqa tutashuv sabab bo`lgan. Kasalxonaga yotqizilgan 4 boladan 3 nafari is gazidan zaharlangan, birining tanasi olti foiz kuygan, 4 nafar bog`cha xodimi ham turli jarohatlar olgan. “Ayni paytda tergov qo`mitasi tergovchilari voqea joyini ko`rikdan o`tkazib, yong`in tafsilotini o`rganmoqda.

Tekshiruv natijasiga ko`ra, prosessual qaror chiqariladi”, deydi tergov qo`mitasi hududiy boshqarmasi matbuot xizmati xodimi. FVVning axborot berishicha, soat 06:11 da yong`in haqida xabar berilgan va u soat 06:23 da batamom o`chirilgan. Yong`in bog`cha vazifasida foydalanilgan uyda sodir bo`lgan, uning yonish maydoni besh kvadrat metrni tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar