AsosiyDunyo

Yaponiyada haqiqiy “Kungfu-panda” topildi

Yaponiyada mashhur multfilmdagi Kungfu-pandaga ikki tomchi suvdek o`xshash panda topildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Yaponiyaning Tokio shahridagi Ueno hayvonot bog`ida yashovchi pandaning suratlari bir qator xorijiy internet nashrlarida chop etildi. Suratlar muallifi Singo Nakamura.

Ri Ri laqabli panda hayvonot bog`ida o`zining odatiy qiliqlarini qilayotgan edi. Fotografga uning harakatlari “Kungfu-panda” multfilmi qahramonini eslatdi.

“DreamWorks kompaniyasi Ueno hayvonot bog`idagi bu pandani multfilmi uchun prototip qilib qolgan bo`lsa ajab emas”,—deb yozadi ommaviy axborot vositalaridan biri.

Suratlar muallifining aytishicha, u shunchaki hayvonot bog`iga tashrif buyurgan va bunday manzarani ko`rishni xayoliga ham keltirmagan. Uning fikricha, panda karatening bir nechta namunalarini ko`rsatib bergan.

    Boshqa yangiliklar