MY5 telekanali orqali efirga uzatiladigan “Comedy UZ” loyihasi rezidentlari rahbari, qiziqchi Abror Baxtiyorovich “Sabo” gazetasiga bergan intervyusida qiziqchiligi uchun bir necha marta talabalar safidan chiqarilgani haqida hikoya qildi:
“Avlodimizda qiziqchi bo`lmagan. Buni kasb sifatida tanlaganimda otam meni uydan ham haydab yuborgan. Boshida ‘Talabasan,faol bo`lgin, jamoat ishlarida qatnashgin’, deganlar. Lekin aynan ‘Quvnoqlar va Zukkolar’da tayyorlanish jarayonlarida ko`p dars qoldirganim uchun 7 marta institutning talabalar safidan chiqarib yuborishgan”.
Otasining ayni paytdagi qiziqchilikka munosabati haqida gapirar ekan:
“Hozir indamayaptilar yoki uyda xotinim bilan bolam bo`lgani uchun qo`llab-quvvatlayaptilar”,—dedi.
Ma`lumot uchun, Abror Abdurahmonov Toshkent davlat pedagogika universitetining tarix fakultetida tahsil olgan.





