AsosiyDunyo

AQSh hukumati aka-uka Bakraularni Bryussel aeroportini portlatmasdan avval terrorchilar ro`yxatiga qo`shgan edi

Bryussel shahrida yuz bergan teraktlarning yangi tafsilotlari paydo bo`lmoqda. AQSh hukumati Bryussel aeroporti va metrosida o`zlarini portlatib yuborgan aka-uka Bakraularni ancha oldin terrorchilar ro`yxatiga kiritgan edi. 

“Manbalarning tasdiqlashicha, aka-uka terrorchilar Xolid va Ibrohim Bakraular AQSh hukumati tomonidan tuzilgan terrorchilikda gumonlanayotgan shaxslar ro`yxatiga Bryussel teraktlari sodir bo`lgunga qadar kiritilgan edi”,—deyiladi xabarda

Mazkur xabar hali rasman tasdiqlanmagan. Bundan tashqari, hudkush terrorchilardan biri Ibrohim Bakrauni Turkiya hukumati  ikki marotaba “Suriyadagi jangari harakatlarda ishtirok etganlikda” ayblab, mamlakat hududidan chiqarib yuborgan edi.

So`nggi marotaba uni Niderlandiyaga yuborishgan edi. 2010 yilda Ibrohim Bakrau Belgiyada hibsga olishga qarshilik ko`rsatgani va qurol ishtirokida bezorilik sodir etgani uchun hibsga olinib, to`qqiz yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

U 2014 yilda muddatdan oldin ozodlikka chiqarilgan va Suriyadagi jangari harakatlarda ishtirok etish uchun jo`nab ketgan edi.

Ma`lumot uchun, 22 mart kuni Belgiya poytaxti Bryussel shahri aeroporti va metrosida bir nechta teraktlar sodir bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar