Xonanda Lola 22 mart kuni “Darakchi”ning “Onlayn-Yulduz” loyihasida ishtirok etdi. Xonandaga muxlislari turli mavzulardagi savollar bilan murojaat qildi. Lola ularning deyarli barchasiga javob berdi.
Muxlislardan biri bir necha bor unga planshet sovg`a qilishini so`rab murojaat qildi. Xonanda Lola muxlisning bu so`roviga quyidagicha javob berdi:
“Men planshetlarga qarshiman. Undan ko`ra, sizga ko`proq ochiq havoda piyoda yurib, sayr qilishni maslahat beraman”.
Savol yana bir marta takrorlanganida esa:
“Agar planshet olishni juda xohlayotgan bo`lsangiz, unda ishlang va pul topib, o`zingiz planshet sotib oling”,—deya javob berdi xonanda.





