AsosiyShou-biznes

Xonanda Kaniza bo`lajak turmush o`rtog`i bilan qanday tanishganini aytdi

Xonanda Kaniza “Istiqlol” san`at saroyida beradigan konsert dasturida muxlislarni ko`plab yangiliklar kutayotganini aytib o`tdi. “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida shuningdek,bo`lajak turmush o`rtog`i bilan qanday tanishganini ham so`zlab berdi. 

“Ish yuzasidan bankka borgandim. Ichkariga kirib ketayotsam, u chiqib ketayotgan ekan. Nimadir bo`ldi-yu, u bilan gaplashib qoldik. Bir marta gaplashgandayoq munosabatlarimiz chuqurlashib ketishi xayolimga ham kelmagan. Asta-sekin munosabatlarimiz jiddiylashib bordi.  Bu inson hayotimda muhim ahamiyatga ega ekanligini angladim.  Bir-birimiz uchun yaratilganimizni tushunib etdik. Ko`z tegmasin hozir har doim yonimda. Yaxshi niyatlardamiz. U juda samimiy oq ko`ngil inson. Ayol kishi turmush o`rtog`iga suyanishni xohlaydi. Xuddi shunday men ham u insonga suyanaman. U kishi esa doim meni qo`llab-quvvatlaydi. Eng asosiysi, oilaning qadriga etadigan inson. Bolalarni juda yaxshi ko`radi, men ham yaxshi ko`raman. Shu jihatdan bir-birimizga o`xshaymiz. Meni tushunib, hurmat qiladi. Shu xislatlari menga ma`qul kelgan”,—deydi xonanda.

    Boshqa yangiliklar