Bugun, 24 mart kuni poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida Jahon chempionati–2018 va Osiyo Kubogi–2019 futbol turnirlariga ikkinchi saralash bosqichi doirasida O`zbekiston milliy terma jamoasi Filippinga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur uchrashuvga bo`lgan e`tibor juda yuqori. Sababi, terma jamoamiz g`alabaga erishsa “H” guruhida birinchi o`ringa chiqib oladi.
Eslatib o`tamiz, ushbu o`yin Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi. Terma jamoamizga omad yor bo`lishini tilab qolamiz.





