AsosiyDunyo

Barak Obama tangoga tushish uchun rafiqasini emas, boshqa ayolni tanladi(Video)

AQSh prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishel Argentina prezidenti Maurisio Makri tomonidan uyushtirilgan rasmiy tushlikda tango raqsini bir-biri bilan emas, boshqa-boshqa sheriklar bilan ijro etishdi.  Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

AQSh ommaviy axborot voitalarining xabar berishicha,ikki davlat prezidentlari nutq so`zlab bo`lishgach, tango raqsi boshlangan. Professional raqqoslar prezidentlar va ularning rafiqalari o`tirgan stolning shundoqqina oldida raqsga tusha boshlagan. Tango raqsi ijro etilayotgan paytda prezident Makri Obamaga mazkur chiqishning o`ziga xosliklarini tushuntirgan. 

Shundan so`ng raqqosa qiz AQSh prezidentiga yaqinlashib, uni raqsga taklif qilgan. Obama bir muddat qarshilik ko`rsatishga uringan, ammo qizning taklifini qabul qilgan. Ayni shu paytda erkak raqqos ham Obamaning rafiqasi Mishelni raqsga taklif qildi. AQShning birinchi xonimi professional raqqos bilan Argentinaning milliy raqsini ijro etish imkonini qo`ldan boy bermadi.

Tango uchun qo`shiq sifatida “Ayol ifori” filmida yangragan tarona tanlandi. Raqsdan so`ng sheriklar bir-biriga minnatdorchilik bildirishdi. Mishel Obama turmush o`rtog`ining sherigini quchoqlab, unga nimadir dedi.

Bundan avval, Kuba prezidenti Barak Obamaning do`stona elka qoqish taklifni rad etgani haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar