Toshkent shahar hokimi 22 mart kuni “Toshkent shahrida 2015-2016 yilgi isitish mavsumini yakunlash to`g`risida”gi qarorga imzo chekdi, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.
Unga ko`ra, 23 martdan boshlab poytaxtdagi markazlashgan issiqlik ta`minotidan foydalanuvchi-iste`molchilarni issiqlik bilan ta`minlash, ya`ni isitish mavsumi yakunlanadi.
Navbatdagi mavsum poyoniga etdi. Shu bilan birga, qarorda “Toshissiqquvvati” IChB UK, “Toshkent issiqlik elektrmarkazi”, “Toshkent issiqlik markazi” AJ, tuman hokimliklari hamda Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga 2016-2017 yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini olib borish bo`yicha tegishli topshiriqlar berilgan.





