Associated Press agentligining bergan xabariga ko`ra, Iroq va Suriyadan makon topgan “Islom davlati” terrorchilik guruhi Evropaga bir nechta hujum uyushtirish uchun to`rt yuzdan ortiq jangarilarni tayyorladi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
G`arbni nishonga olgan va unga qarshi tayyorlangan bu jangarilar guruhi juda epchil va ustamon bo`lib, ular hujum vaqtini, joyini, uslubini mustaqil tanlab, katta tartibsizliklarni yuzaga keltirishga qodir.
Agentlikning ta`kidlashicha, “Islom davlati” terrorchilik guruhi Suriya va Iroqda o`z pozisiyalarini yo`qotgan, ammo bu ularning Evropada jamoat tartibini buzishlariga xalaqit qilmayapti. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, 22 mart kuni Bryusselda sodir etilgan terakt begunoh 34 nafar insonning hayotiga zomin bo`lgan.





