AsosiyDunyo

Britaniyalik ayol itini zamonaviy kiyintirish uchun 40 ming dollardan ko`p pul sarfladi

Buyuk Britaniyaning Surrey grafligida yashovchi Jozefina Karter ismli ayol chixuaxua zotli itining kiyimi, kosmetik muolajalari, taqinchoqlari uchun 30 ming funt sterling (42 ming dollardan oshiq) pul sarfladi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

2013 yilda Jozefina Karter (Josephine Carter) va qizi Kelli Kvini laqabli kuchukcha sotib olishadi. Shundan beri bu ayollar sevimli itlari uchun zamonaviy taqinchoqlar, sumkalar, liboslar, hayvonlar uchun ishlatiladigan kosmetik vositalar sotib olishadi. Itning bekalari uning “chakralarini ochish uchun” massajga olib borishadi, tirnoqlarini parvarish qilishadi.

Ayolning aytishicha, sayr davomida kuchukchani ko`rgan odamlar u bilan suratga tushishni iltimos qilishadi va uni yaxshi tanishadi. “Men Kvinining garderobi uchun o`zimnikidan ko`ra ko`proq pul sarflayman, bundan sira o`zimni to`xtata olmayapman”, — dedi 50 yoshli Karter.

2015 yilning mart oyida AQSh fuqarolari uy hayvonlari uchun 58 milliard dollar pul sarflashgani, bu ko`rsatkich undan oldingi yilga qaraganda 4,2 foizga oshgani aniqlangan. So`nggi paytlarda noodatiy sarf-xarajatlar ko`payib ketgan, ya`ni uy hayvonlarining egalari ularni massaj olish va turli kosmetik muolajalarni amalga oshirish uchun go`zallik salonlariga olib borishni urfga kiritishgan.

    Boshqa yangiliklar