Belgiya poytaxti polisiyasi Parij va Bryussel shahridagi teraktlarni sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxsni qo`lga oldi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda.
Ancha paytdan beri qidiruvda bo`lgan Najim Laxrau ikkala shaharda sodir etilgan teraktlar uchun portlovchi moslama tayyorlagani ma`lum bo`ldi.
Najim Laxrau Bryusselning Anderlext tumanida qo`lga olingan. Mazkur ma`lumotni polisiya tasdiqlagan.
Ma`lumotlarga ko`ra, o`tgan yili Parijdagi teraktlarni sodir etgan terrorchilar yashagan uydan uning DNK namunalari topilgan. Laxrau sentyabr oyida Parij shahrida yuz bergan teraktlar tashkilotchisi Solih Abdusalom bilan Vengriyaga kelgan.
Avvalroq, Bryussel metrosi va aeroportidagi teraktlarni aka-uka terrorchilar – Ibrohim va Xolid Baxraular sodir etganligi ma`lum bo`lgan edi.





