AsosiyJamiyat

Toshkentda profilaktika munosabati bilan sovuq suv o`chiriladi

29 martdan 12 mayga qadar poytaxtning ba`zi hududlarida sovuq suv vaqtinchalik o`chiriladi yoki bosim kamayadi. Bu haqda “Suvsoz” Davlat unitar korxonasi sayti xabar bermoqda.

“Suvsoz” DUK Toshkentdagi sovuq suv quvurlari tarmog`ida ta`mirlash-profilaktik ishlari o`tkazilishi sababli shaharning ba`zi hududlarida sovuq suv vaqtinchalik o`chirilishi yoki bosim kamayishini ma`lum qiladi. Ta`mirlash-profilaktika ishlari 29 martdan 12 mayga qadar davom etadi.

Sovuq suv vaqtinchalik o`chiriladigan yoki bosim kamayadigan hududlar jadvali bilan “Suvsoz” DUKning saytida tanishish mumkin.

Suv bo`lmagan joylarga avtosuvtashuvchilar yuboriladi.

    Boshqa yangiliklar