AsosiyDunyo

AQSh prezidentligiga saylovoldi bosqichda Tramp va Klinton g`alaba qozondi

AQShning g`arbiy uch shtatida saylovoldi ovoz berish jarayonlari bo`lib o`tdi. 

Arizona shtatida berilgan ovozlar natijasi aniq bo`ldi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. Respublikachilar kutganidek g`alaba Donald Trampga nasib etdi, demokratlarda esa ro`yxatning birinchi qatorini bir oz farq bilan Xillari Klinton egalladi. 

Yuta va Aydaxo shatatlarida saylovchilarning ovozlari hisoblanmoqda. O`tkazilgan taxminiy so`rovnomaga ko`ra, Klintonning g`alaba qozonish imkoniyati kamroq. U senator Berni Sanders bilan jiddiy kurashishiga to`g`ri keladi, degan xulosalar mavjud.

    Boshqa yangiliklar