Ertaga, 24 mart kuni Jahon chempionati–2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasida O`zbekiston terma jamoasi o`z maydonida Filippin futbolchilariga qarshi kurash olib boradi.
Mazkur o`yin oldidan o`tkazilgan matbuot anjumanida O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.
“Ertangi raqibmizga hurmat bilan qaraymiz. Kuchli mutaxassisga ega bo`lgan yaxshi jamoaga qarshi o`ynaymmiz. Ertaga tartibli harakat qilib, o`z o`yinimizni namoyish etishimiz va muxlislarni hursand qilishimiz kerak. O`yinga barcha futbolchilarimiz tayyor. Sardor Mirzaev mavsumni yaxshi boshladi. Chempionlar Ligasi, Oliy Liga o`yinlarida gollar kiritdi va shu sababli ham kengaytirilgan tarkibdan o`rin olgandi. Biroq hujumkor futbolchilarimiz guruhi keng va tanlov imkoniyati katta. Shu sababli ham 23 futbolchidan iborat tarkibga kirmay qoldi. Biroq u terma jamoaga nomzod futbolchi bo`lib qolaveradi va uni doim kuzatib boramiz. Manilada 5:1 hisobida g`alaba qozonganimizga qaramay, ertaga o`yin oson kechadi, deb o`ylamayman, – deydi Samvel Babayan.
O`zbekiston – Filippin uchrashuvi ertaga, “Bunyodkor” stadionida, soat 18:00 da boshlanadi.





