AsosiyShou-biznes

Lola bo`lg`usi turmush o`rtog`ini uchratgani haqidagi savolga javob berdi

Xonanda Lola “Darakchi” gazetasining “Onlayn-yulduz” loyihasida mehmon bo`lib, saytimiz orqali muxlislarning ko`plab savollariga javob berdi.

Xususan, san`atni tark etishi haqidagi savollardan biriga u quyidagicha javob berdi: 

“So`nggi paytlarda shu haqda ko`p o`ylayapman. Men hech qachon ijod qilishdan to`xtamayman, biroq uchinchi marotaba ona bo`lishni rejalashtirsam, darvoqe, ayni damda aynan shuni istayapman, ijodda tanaffus qilaman. Tanaffus paytida homiladorlik davrim va farzandim tug`ilishidan to`laligicha zavqlanishni istayman va faqat ilhom kelgandagina ijod qilaman”.  

Shuningdek, Lola “Bo`lajak turmush o`rtog`ingizni uchratdingizmi?” - degan savolga ancha o`ylanib, tabassum bilan “Balki”, deya javob berdi. 

“Bo`lajak turmush o`rtog`im bolalarimga juda yaxshi munosabatda bo`ladi, men buni bilaman, u ularni jonu-dilidan yaxshi ko`radi”,— deya qo`shimcha qildi xonanda.

    Boshqa yangiliklar