O`zlarining birdamlik va hamdardligini aks ettirish uchun Belgiyada sodir etilgan terakt munosabati bilan Eyfel minorasi seshanba kuni kechqurun Belgiya bayrog`i tusiga kirdi.
Bu diqqatga sazovor manzara suratini dunyoning barcha etakchi axborot agentliklari chop etdi, deb xabar berdi “News.mail.ru” nashri.
Parij meri Ann Idalgo “Tvitter”da minora sariq va qizil rangga bo`yalishi pastki qavati esa yoritilmasligi, shunda mamlakat bayrog`ining qora rangiga mos kelishi haqida xabar bergan.
Seshanba kuni Bryusselda kuchli portlashlar sodir bo`ldi, teraktlar oqibatida 34 kishi halok bo`lgan. Terakt uchun javobgarlikni “Islom davlati” terrorchilik guruhi o`z bo`yniga oldi.





