Flydubai aviakompaniyasining Rostovda halokatga uchragan samolyoti sobiq uchuvchisi o`zining RT telekanaliga bergan intervyusida uchuvchilar haddan ortiq charchagan holatda ishlaganlarini aytib berdi.
Uning ma`lum qilishicha, u haloktga uchragan 981-mash`um reysda parvoz qilgan ikkinchi uchuvchining ish jadvalini qo`lga kiritgan. Undan ko`rinib turibdiki, ikkinchi uchuvchi 15 martdan tashqari ketma-ket 11 kun ishlagan.
Uning so`zlariga ko`ra, Flydubai uchuvchilari bir necha bor rahbariyatga haddan ortiq charchoqdan shikoyat qilishgan. 2015 yilning sentyabr oyida uchuvchilarning charchagani haqida 20 dan ortiq shikoyat kelib tushgan. Uchuvchilar ularning ish jadvalida dam olish kuni juda kamligi, reyslar orasidagi tanaffus to`yib uxlab olishga ham etmasligini aytishgan.
Flydubai xodimlari orasida so`rovnoma o`tkazildi. Unda ishtirok etgan 80% ortiq uchuvchilar FlyDubai samolyotlarida aviahalokat bo`lish ehtimoli yuqoriligini aytishgan.
RT telekanali suxbatdoshi shuningdek, ayrim uchuvchilar samolyot boshqaruvi vaqtida uchuvchilarning uxlab qolganligi holatlari ham uchraganini ma`lum qildi. Uchuvchilar bu haqda kompaniya rahbariyatiga ma`lum qilishgan, biroq rahbariyat tomonidan hech qanday chora ko`rilmagan. Hatto aviakompaniya uchuvchilaridan biri parvoz vaqtida 8 daqiqa uxlab qolganini ma`lum qilgan.
Flydubai kompaniyasining Boeing 737-800 yo`lovchi samolyoti Rostov -Donda 19 mart kuni soat 03.42 halokatga uchradi. Layner bortida 55 nafar yo`lovchi hamda etti nafar ekipaj a`zosi bo`lgan, ularning barchalari halok bo`lgan. RF tergov qo`mitasi halokatning uchta asosiy sababini ko`rib chiqmoqda: texnik nosozlik, og`ir ob-havo sharoiti, ekipaj xatosi.





