AsosiyDunyo

Chagaevni mag`lub etgan Lukas Braun qonida doping aniqlanganiga munosabat bildirdi

Professional boksning superog`ir vazn toifasida WBA (Regular) yo`nalishi chempioni Lukas Braunning ta`kidlashicha, uning organizmida aniqlangan preparat yo`talga qarshi dorida bo`lgan. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar bermoqda.

Rossiya tibbiy qo`mitasi raisi o`rinbosari Eduard Bezgulovning so`zlariga ko`ra, doping Braunning organizmiga dori orqali tushishi mumkin emas.

"Hozir bahonalar qidiriladi, ammo odatda ular ikki xil versiyani aytishadi: yoki yo`tal dori yoki uni go`shtda deyishadi. Ikkinchi variant bo`yicha velopoygachi Alberto Kontador oqlanishga yaqin bo`lgan. Sababi, doping poygachining organizmiga go`sht orqali tushishi mumkin edi. Bu erda umuman boshqa miqdor haqida gap ketyapti.

Aytgancha, Kontadorni baribir diskvalifikasiya qilishdi. Lekin suyuqlik haqidagi hikoya juda kulguli ko`rinyapti. Birinchidan, Avstraliyada klenbuterolli dorilar sotilmaydi. Ikkinchidan, jangdan oldingi yoki keyingi qaydnomalarda yo`taldan davolanish haqida gap-so`z bo`lmagan! Sportchi esa u erda doping-testgacha bo`lgan uch haftada nima qabul qilganini ko`rsatishi kerak. Uchinchidan, doridagi dozalar haqiqatdan ham bolalarbop va ular jangdan so`ng aniqlanmagan bo`lardi" - dedi Bezgulov.

    Boshqa yangiliklar