AsosiyDunyo

AQSh hukumati Apple`ning yordamisiz smartfonni buzib kirish yo`lini topdi

AQSh hukumati vakillarining ta`kidlashicha, San-Bernardinodagi otishmalarni sodir etgan terrorchining smartfonini Apple kompaniyasining yordamisiz ham buzib kirish yo`lini topdi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda

AQSh adliya vazirligi suddan mazkur ish bo`yicha boshlangan jarayonni to`xtatishni so`ragan. 

Adliya vazirligining ma`lum qilishicha, “uchinchi tomon” FQBga kelayotgan yakshanba kuni iPhone smartfonini buzib kirishning yangi usulini taqdim etishga va`da bergan. Agar mazkur usul ijobiy natija bersa, AQSh hukumati terrorchining telefonidagi maxfiy ma`lumotlarni o`chirib yubormay, unga kirish imkoniga ega bo`ladi.

Shuning uchun sud Apple bilan bog`liq ishni yopishi mumkin.

AQSh hukumati joriy yilning 5 aprelida smartfondagi ma`lumotlarga kira olgani yoki kira olmagani haqida hisobot taqdim etilishini ma`lum qildi.

Apple kompaniyasining advokatlari esa FQB nazarda tutayotgan smartfonlarni buzib kirishning yangicha usulidan bexabar ekanliklarini aytgan.

    Boshqa yangiliklar