AsosiySport

O`zbekiston termasining 23 futbolchidan iborat tarkibi ma`lum qilindi

O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi so`nggi ikki uchrashuv uchun jamoaning 23 futbolchidan iborat tarkibini ma`lum qildi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy terma jamoasi 24 mart kuni Filippinga qarshi hamda 29 mart kuni Baxrayn bilan o`z maydonida saralashning ushbu bosqichidagi so`nggi ikki o`yinini o`tkazadi. 

Bu o`yinlar uchun terma jamoa murabbiyi kengaytirilgan tarkibdan quyidagi 23 futbolchini tanlab oldi

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov («Persepolis», Eron), Ignatiy Nes terov («Lokomotiv»), Eldor Suyunov («Nasaf»)

Himoyachilar: Davron Hoshimov («Paxtakor»), Anzur Ismoilov («Chanchun Yatay», Xitoy), Egor Krimes («Pekin Guoan», Xitoy), Islom To`xtaxo`jaev («Lokomotiv»), Kamoliddin Tojiev («Paxtakor»), Vitaliy Denisov («Lokomotiv», Rossiya)

Yarim himoyachilar: Javohir Sohibov («Paxtakor»), Odil Ahmedov («Krasnodar», Rossiya), Fozil Musaev («Sepahon», Eron), Sardor Rashidov («Al-Jaish», Qatar), Sanjar Tursunov («Umm Salal», Qatar), Stanislav Andreev («Paxtakor»), Otabek Shukurov («Bunyodkor»), Server Jeparov («Lokomotiv»), Jasur Hasanov («Lokomotiv»), Sanjar Shoahmedov («Lokomotiv»), Eldor Shomurodov («Bunyodkor»)

Hujumchilar: Aleksandr Geynrix («Ordabasi», Qozog`iston), Igor Sergeev («Paxtakor»), Marat Bikmaev («Loko motiv»)

Ma`lumot uchun, har ikki o`yin ham «Bunyodkor» stadionida bo`lib o`tadi. O`yinlar Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar