AsosiyJamiyat

“Qo`yliq” va “Abu-Saxiy” bozorlariga yondosh yo`llar kengaytiriladi

“O`zavtoyul” poytaxtning  “Qo`yliq” va “Abu-Saxiy” bozorlari yonidagi yo`llarni kengaytirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Sputnik” nashri. 

Yo`lning mazkur qismlaridagi tranzit oqim bozorga yo`nalgan tarnsport oqimidan ajratiladi.  Buning uchun Kichik Xalqa yo`li atrofida yana bir qancha mahalliy yo`llar quriladi. 

Bozorga kirayotgan va chiqayotgan avtomobillar Kichik xalqa yo`liga to`g`ridan –to`g`ri emas, bir necha kilometr masofani bosib o`tgan holda sekin-asta qo`shiladi.

Jamoat transporti uchun asosiy trassadan qo`shimcha yo`lli maxsus yo`laklar  va yo`lovchilarni tushirib, chiqarish imkonini beruvchi yo`l tarmoqlari quriladi.

Mana shunday chora-tadbirlar bozorlar oldidagi tirbandliklarni bartaraf etadi. Ikki bozor yaqinidagi yo`l qurish ishlarining birinchi bosqichi allaqachon boshlangan.

    Boshqa yangiliklar