AsosiyDunyo

Erdo`g`on Rostov-Dondagi aviahalokatda halok bo`lganlarning oila a`zolariga hamdardlik bildirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`on Rostov-Dondagi aeroportda yuz bergan aviahalokat oqibatida halok bo`lgan yo`lovchilarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda

Erdo`g`on o`z hamdardlik maktubida Rossiya xalqiga Turkiya hukumati va xalqi nomidan ta`ziya izhor etgan. 

Rossiyadan tashqari, hujjatda Ukraina, Ispaniya, Hindiston, O`zbekiston, Qirg`iziston, Kolumbiya, Kipr kabi davlatlarga ham hamdardlik bildirilgan. Chunki halokatga uchragan samolyot bortida mazkur mamlakatlar fuqarolari ham bo`lgan.

Eslatib o`tamiz, Dubaydan Rostov-Donga uchayotgan Boeing-737-800  yo`lovchi samolyoti 19 mart kuni halokatga uchradi. Uning bortidagi 62 kishining hammasi halok bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar