DAISh terrorchilik guruhi jangarilari Belgiyaning Bryussel shahrida yuz bergan teraktlar javobgarligini o`z bo`yniga oldi. Bu haqda “Komsomolskaya Pravda” nashrii xabar bermoqda.
Bugun Bryussel shahridagi aeroport va metro bekatlarida bir nechta teraktlar yuz berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, aeroportdagi portlashni hudkush-terrorchi amalga oshirgan. U ID a`zosi bo`lgan.
“Portlashlar ortida DAISh jangarilari turibdi”,—deydi Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Garsia-Margalo.
Teraktlar Evropada qidirilayotgan Parij teraktlari tashkilotchisi Solix Abdusalomning Bryussel shahrida hibsga olinganidan bir necha kun o`tib yuz berdi.
Mutaxasislarning fikriga ko`ra, hujumlar terrorchining qo`lga olinishiga javob tarzida amalga oshirilgan bo`lishi mumkin.





