Belgiya Bryusselda yuz bergan teraktlar munosabati bilan chegaralarini yopib qo`yganini ma`lum qildi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
“Evroparlament Bryusselda yuz bergan teraktlardan tashvishga tushgan. Xavfsizlik darajasi oshirilgan. Belgiya hukumati bilan hamkorlikda ishlamoqdamiz”,—dedi Evroparlament vakili.
U shuningdek, “Evropa parlamenti binosidan odamlar evakuasiya qilinmagan, biroq ayrim uchrashuvlar bekor qilingan” dedi.
Eslatib o`tamiz, bugun ertalabdan Belgiya aeroporti va metro bekatlarida bir nechta portlashlar sodir etildi.





