Belgiya poytaxti Bryussel shahrida yuz bergan portlashlar sababli futbol bo`yicha Belgiya terma jamoasining bugungi mashg`ulotlari bekor qilindi. Bu haqda taniqli jurnalist Kristof Terua o`zining “Tvtter”dagi sahifasida ma`lum qilgan.
Eslatib o`tamiz, Bryussel shahridagi “Zaventem” aeroportida ikkita portlash yuz berdi. Shundan so`ng, “Maalbek” hamda “Shuman maydoni” metro stansiyalarida jami to`rtta portlash sodir bo`lgan.
Ma`lumot o`rnida, Belgiya terma jamoasi 29 mart kuni Portugaliya termasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazishi ko`zda tutilgan.





