Bryusselda bugun ertalab sodir etilgan bir nechta terakt oqibatida mamlakatda mobil aloqa izdan chiqqan, deb xabar berdi “gazeta.ru” nashri.
Hukumat aholini ijtimoiy tarmoq yoki SMS orqali xabar yuborishga chaqirmoqda.
Telenet kompaniyasi 24 soat davomida bepul internet xizmati ko`rsatishini e`lon qildi. Bryussel metrosida sodir etilgan terakt oqibatida barcha metrostansiyalar, vokzallar va aeroportlar yopilgan.





