AsosiyDunyo

Janubiy Koreyada Zika virusini yuqtirgan ilk bemor aniqlandi

Ilk marotaba Zika virusini yuqtirgan 43 yoshli Janubiy Koreyalik insonning ismi-sharifi sir tutilmoqda, u 17 fevraldan 11 martga qadar Braziliyada bo`lgan, 16 martda esa o`zini yomon his qila boshlagan, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri. 

Chivin chaqishi orqali yuqadigan ushbu kasallik ilk marotaba 1947 yilda Ugandada makaka maymunlarida aniqlangan. Oradan besh yil o`tgach, bu kasallik Uganda va Tanzaniyada odamlar orasida aniqlangan. 

Zika virusini yuqtirgan insonlar Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerikada, Osiyo, Tinch okeani mamlakatlarida ham aniqlangan. Janubiy Koreya Zika virusi tarqalishining oldini olish maqsadida barcha chora-tadbirlarni ko`rmoqda.

    Boshqa yangiliklar