AsosiySport

Ronaldu yana bir antirekord o`rnatdi

“Real Madrid” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Sevilya”ga qarshi (4:0) o`yinning 58 daqiqasida penaltini amalga oshira olmadi.

Uning yo`llagan zarbasi darvoza ustidan o`tib kelgan, deya xabar beradi championat.com. 

Shu tariqa, 31 yoshli futbolchi Ispaniya chempionati doirasida bir mavsum davomida uchta penaltini amalga oshira olmadi va o`zining shaxsiy antirekordini yangiladi.

Eslatib o`tamiz, bir necha kun avval Krishtianu Ronaldu bir o`yin davomida to`pga teginish bo`yicha shaxsiy antirekordini yangilagan edi. 

    Boshqa yangiliklar