Xonanda Rayhon konserti g`oyasini chet ellik xonandalar Britni Spirs va Jennifer Lopesdan o`g`irlagani, ayrim elementlari esa hamkasbi Shahzodadan ko`chirilgani haqidagi tanqidlarga “Sayyod” saytiga bergan intervyusida munosabat bildirdi.
“Meni Shahzoda bilan solishtirish kulguli. Hammaning esidan chiqqan bu mavzu allaqachon o`z dolzarbligini yo`qotgan. U ham, men ham ancha yildan beri ijod qilyapmiz. Bu davr ichida biz butunlay boshqa-boshqa san`atkorlar ekanligimizni isbotladik. Yo`nalishimiz boshqa, boshqa ekanligini ko`rsatdik. Hozirda ikkalamizning ham san`atda o`z o`rnimiz, o`ziga yarasha muxlislarimiz bor. Nima uchun bizni haligacha solishtirishlarini tushunmayman. Buni nima deb atashni ham bilmayman, kasallikmi, bilmadim. Aminmanki, ikkalamizni solishtirib, bildirilgan fikrlarni o`qish Shahzodaning o`ziga ham kulguli”
Men konsertimning g`oyasini chet ellik xonandalar, xususan Britni Spirsdan o`g`irlaganlikda ayblaganlarni ham tushunmayman. Men bunday emasligini isbotlash uchun vaqtimni sarflashni istamayman, bunday noto`g`ri fikrlaydigan, bilimsiz insonlar darajasiga tushmoqchi ham emasman. Shunchaki, bir narsani aytishim mumkin, bu ko`plab insonlarning mehnati singgan katta zahmatlar mahsuli”,—deydi Rayhon.





