AsosiyDunyo

Rostov Dondagi samolyot ikki sababga ko`ra halokatga uchragani taxmin qilinmoqda

Rossiya tergov qo`mitasi Rostov Dondagi aviahalokatning ikki taxminiy sababini keltirib o`tdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Samolyot uchuvchining xatosi yoki texnik nosozlik tufayli halokatga uchragan bo`lishi mumkin.

“Hozirgi vaqtda Rostov Dondagi halokatning ikki asosiy sabablari ko`rib chiqilmoqda. Uchuvchi noqulay ob-havo sharoiti tufayli boshqaruvni yo`qotgan yoki texnik nosozlik kzatilgan bo`lishi mumkin”,—deyiladi xabarda.

Bundan oldin Rostov viloyati gubernatori aviahalokat noqulay ob-havo sharoiti tufayli yuzaga kelgan bo`lishi mumkinligini aytgan edi.

Ma`lumot uchun, Dubaydan parvoz qilgan “Boing 737-800” samolyoti Rostov Donda 19 mart shanbaga o`tar kechasi halokatga uchragan edi.

    Boshqa yangiliklar