AsosiySUG'DIYONA

Sofiya Rotaruning 14 yoshli nevarasi jurnal muqovasi uchun suratga tushdi (Foto)

Sofiya Rotaruning nevarasi, yosh model qo`ygan Sofiya Evdokimenko Elle jurnalining yangi soni qahramoniga aylandi, “Lady.mail.ru” nashri.
Sonya Evdokimenko yosh bo`lishiga qaramay, o`zini modellik karerasida sinab ko`rmoqda.
Uning ilk debyuti bundan bir yil oldin mashhur ukrain dizayneri Liliya Pustovit yordamida amalga oshirilgan edi. Sonya brendning rasmiy lukbuki uchun suratga tushgandan so`ng u dizaynerlar va mashhur moda jurnallari muharrirlarining nazariga tushdi va uning qarshisida modalar olami eshiklari keng ochildi. Elle ukrain nashri o`zining 15 yoshlik tavalludini nishonlash arafasida o`ziga tengdosh bo`lgan Sonya Evdokimenkoni aprel soni muqovasiga suratga tushishga taklif qildi. 

  


Instagram sahifasida dizayner Liliya Pustovit yaratgan pushti rangli kostyum va shim kiygan, boshiga kumushrang kichkina toj taqqan Sonyaning surati aks etgan, 2 variantdagi jurnal yubiley soni muqovasi e`lon qilingan.  

Sonya bir qancha mashhur brendlar reklama kampaniyasida ishtirok etib qolmasdan, Nyu-Yorkda o`tkazilgan modalar namoyishida ham ishtirok etdi.

 

    Boshqa yangiliklar