AsosiyShou-biznes

Rayhon: “Hech qachon bolalarim otasiz o`sishini istamaganman”

Xonanda Rayhon G`anieva konserti haqidagi tanqidlarga munosabati, uni boshqa hamkasblari bilan solishtirishlari, oilasining buzilishi va kelajakdagi rejalari haqida “Sayyod” saytiga bergan intervyusida aytib o`tdi.

“Rayhonning oilasi buzilishiga uning oiladagi liderligi, bosim o`tkazgani sabab bo`lgan, shuning uchun ham u bu haqda gapirishni istamaydi” degan gaplarga nisbatan Rayhon:

“Oilada umuman bosim o`tkazmaganman. Aminmanki, vaqt hamma narsani davolaydi, hamma narsani o`z o`rniga qo`yadi. Nima bo`lgan taqdirda ham, faqat vaqt ko`rsatadi, kim haq, kim nohaq ekanligini. Men shaxsiy hayot shaxsiyligicha qolishini istayman. Oila muqaddas, uni piar uchun yoki boshqa muhokamalar sifatida ishlatib bo`lmaydi. Agar odamlar buni shunday tushungan bo`lsa,bu ularning tanlovi. Men esa pok oilaviy munosabatlar tarafdoriman. Nima bo`lgan taqdirda ham men bu insondan(Yigitalidan) farzandlarim uchun minnatdorman. Bugun farzandlarim men uchun hamma narsa. Men ularsiz hayotimni tasavvur qilolmayman, ularni dunyoga keltirguncha bo`lgan hayotim xuddi bo`lmagandek. 

Men hech qachon qandaydir manfaat uchun turmushga chiqmaganman. Men baxtli bo`lish uchun oila qurgandim. Oxirigacha birga bo`lishni istagandim. Farzandarimning otasiz yashashini hech qachon istamaganman.  Otasiz o`sish nima ekanligini yaxshi bilaman. Chunki otam bevaqt olamdan o`tgan. Bu men uchun katta ruhiy travma bo`lgan. Shuning uchun ham bolalarim men bosib o`tgan yo`ldan o`tishini umuman xohlamaganman. Faqat shu sabab ham men hech qachon ajrashmagan bo`lardim. Men onaman va men o`zim yoki u haqda emas, birinchi navbatda bolalarim haqida o`ylayman. Biroq shunday vaziyat bo`ldiki, biz mana shu qadamni tashlashga majbur bo`ldik. U(Yigitali)uyimizda doimo kutilgan mehmon.  Farzandalarim otasi bilan muloqotda bo`lishini va ko`proq birgalikda vaqt o`tkazishini istayman. Kutganim bo`ladami, yo`qmi bu endi uning tanlash huquqi. 

Men ham ayolman. Hamma ayollar kabi men ham oilamni saqlab qolishga urindim. Ota-onam menga bergan tarbiyasiga ko`ra, ajrashish-men uchun eng dahshatli narsa. Ayniqsa o`rtada bolalaring bo`lsa,sen ularning psixikasi, kelajagi uchun mas`ulsan. Buning ustiga farzandlarim-o`g`il bolalar”,– dedi.

    Boshqa yangiliklar