AsosiySport

“MYu” afsonasining o`g`li o`z otasining gaplariga ishonmadi

“Manchester Yunayted” jamoasi sobiq yarim himoyachisi va ayni damda klub murabbiylar shtabi a`zosi Rayan Giggz 9 yoshli o`g`liga kuchli futbolchi bo`lganini aytganida, uning o`g`li bunga ishonmadi. Bu haqda ESPN FC portali xabar bermoqda. 

“O`g`lim Zaxari mening o`yinlarimni ko`rmagan va men bundan juda afsusdaman. U meni “Manchester Yunayted”da shunchaki bir necha yil to`p tepgan, deb o`ylaydi. O`g`lim zamonamizning eng kuchli futbolchilari – Neymar, Ronaldu va Messiga muxlislik qiladi. 

Men erishgan yutuqlarim haqida ko`p gapirgim kelmaydi, lekin o`g`limga Messidan tezroq bo`lganmanimni aytagimda, u menga ishonmadi. O`z ishtirokimdagi o`yinlarni ko`rsatganimda esa, u shunchaki xonadan chiqib ketdi” – deydi Rayan Giggz.

    Boshqa yangiliklar