AsosiyShou-biznes

Bobur Yo`ldoshev: "Vaqtida otamdan ranjiganman, lekin bugun uning haq ekanini anglayapman"

“Kamina san`atkorlar oilasida dunyoga kelgan. Otamni mahoratli, qattiqqo`l rejissyor sifatida hurmat qilishadi. Onam esa go`zal va muloyim aktrisa edi.  Ularning faoliyati sababmi, bolagimning deyarli har oni san`at maskanida, san`atkorlar davrasida o`tdi. Bolaligimdayoq aktyor bo`lish ishtiyoqi bilan yashadim”—deya hikoya qiladi aktyor Bobur Yo`ldoshev “7X7” gazetasining “Sirli maktub” loyihasida. 

Aktyor otasi, rejissyor Bahodir Yo`ldoshev haqida gapirar ekan, quyidagilarni aytib o`tdi:

“Otam o`ta talabchan,qattiqqo`l inson. Ammo ko`nglida kiri yo`q, hech kimga yomonlik tilamaydi. 1993 yilda hozirgi san`at oliygohiga o`qishga kirdim. O`qish bilan birga teatrda ishlash va filmlarda suratga tushishni istardim. Biroq otam buni xohlamadi. ‘Bilimsiz bosh bilan qay ishni uddalar eding?’ deb koyib berar edi. O`shanda otamdan ranjiganman, lekin bugun u kishi nechog`liq haq ekanini anglayapman”. 

Ma`lumot uchun, aktyor Bobur Yo`ldoshev “Sevinch”, “Vatan”, “Qo`rg`oshin” kabi filmlardagi obrazlari bilan muxlislari qalbidan joy egallagan.

    Boshqa yangiliklar