Donald Trampning AQShga prezident bo`lishi jihodchilarning insonlarga ta`siridan ko`ra ko`proq xavf soladi, deb xabar berdi “Vestifinance.ru” nashri.
Tramp prezident bo`lib saylansa, qanday xavflar yuzaga kelish mumkinligi to`g`risida tuzilgan ro`yxat e`lon qilindi. Tadqiqotchilarning fikricha, Trampning Yaqin Sharqqa nisbatan militar kayfiyati o`z-o`zidan jihodning taraqqiy etishiga olib keladi. Uning musulmonlarning AQSh hududiga kiritilishiga qarshiligining o`zi jihodchilarning odam yollashlari uchun qudratli qurolga aylanadi.
Bundan tashqari Trampning erkin savdo masalalariga nisbatan dushmanona kayfiyati ham global muammolardan biriga aylanishi mumkin. Tramp prezident bo`lib saylanadigan bo`lsa, uning Meksika va Xitoyga nisbatan sovuq munosabati tezda savdo urushini yuzaga keltiradi.
EIU reytingidagi 1 dan 25gacha bo`lgan shkala bo`yicha Tampning prezident bo`lib saylanish ehtimoli 12 o`rinda turibdi. Bu ro`yxatga yana dunyo hamjamiyatini larzaga soluvchi Xitoy va Evroittifoqning inqirozga uchrash xavfi ham kiritilgan.





