AsosiyShou-biznes

Ishani Sharofning taklifini qabul qiladimi?

Xonanda va aktyor Sharof Muqimov o`zining «Kel-kel» deb nomlangan qo`shig`i klipini o`zbekistonliklarga Hindistonning «Senga oshiqman» nomli serialidagi Ishani obraz orqali tanish aktrisa — Radhika Madan ishtirokida ishlamoqchi. Bu haqda xonanda Facebook’dagi sahifasida xabar qoldirgan. “Daryo” nashri klip haqidagi gap-so`zlarga oydinlik kiritish maqsadida Sharof Muqimov bilan bog`landi.

— Yangi klipingizda rostdan ham «Senga oshiqman» serialida Ishani rolini ijro etgan Radhika Madanni o`ynatmoqchimisiz?

— Ha, shuni niyat qilganmiz. Klip «Kel-kel» deb nomlangan qo`shig`imizga ishlanadi. Klip voqealarining 50 foizi O`zbekistonda, qolgan qismi esa Hindistonda suratga olinishi rejalashtirilgan. G`oya muallifi — rejissyor Muzaffar Shams.

— Hindistonlik aktrisa klipingizda suratga tushishga rozi bo`larmikin?

— Hindistonga besh marta borib, u erdagi hamkorlarimiz bilan yaxshi aloqa o`rnatganmiz. Bundan tashqari, Hindistonning O`zbekistondagi elchixonasi vakillari ham 100 foizlik va`da bergan. Hozirda shu masalani ijobiy hal qilish ustida ishlayapmiz.

    Boshqa yangiliklar