“Shou-biznes meni qattiq tarbiyaladi. Ilgari oddiy ish deb qabul qilib bajargan ishlarimni hozir o`zimga ep bilmayman. O`ylab ish qilaman. Masalan, ochiq-sochiq kiyinmaslikka harakat qilaman. Yana ilgari kechroq bo`lsa ham bemalol qahvaxona, restoranlar, klublarga borishim mumkin edi. Hozir bunday joylarga bormayman”,—deydi xonanda Munisa Riazeva “Tasvir” gazetasiga bergan intervyusida.
U shuningdek, o`tgan yilgi konsertidan ko`ngli to`lmagan jihatlar haqida gapirar ekan:
“Ayrimlar faqat puli borligi uchun qo`shiq kuylashayapti, meni ham shunday deb o`ylashadi. Ammo bunday emas. Men hayotga real qarayman va o`zimdan hech kimni yasab olmaganman”, – dedi.





