Ispaniya chempionati 31-turidan o`rin olgan barcha uchrashuvlarga hakamlar tayinlandi.
Turning markaziy o`yini hisoblangan “Barselona” – “Real” uchrashuvini boshqarib boradigan hakam nomi ma`lum bo`ldi. Ispaniya futbol federasiyasining hakamlar qo`mitasi qaroriga ko`ra, “El-Klasiko”ni 33 yoshli Xose Ernandes boshqarib boradi.
Qayd etish kerakki, “Barselona” – “Real” uchrashuvi 2 aprel kuni kech soat 23:30 bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.





